
Sborniy yuklar (LCL): kichik partiyalar uchun eng tejamkor yechim
Kichik hajmdagi yuklarni umumiy konteynerlarda birlashtirib, xarajatlarni 50% gacha kamaytiring.
Sborniy yuklar (LCL — Less than Container Load) kichik hajmdagi partiyalarni umumiy konteyner yoki furaga birlashtirib yetkazib berishning eng tejamkor usulidir.
To'liq konteyner (FCL) buyurtma qilish iqtisodiy jihatdan foydasiz bo'lgan yuklar uchun LCL eng maqbul yechim hisoblanadi. Siz faqat o'z yukingiz hajmi uchun to'laysiz.
Buraq Logistics konsolidatsiya omborlari Xitoy (Guanchjou, Shenzhen), Turkiya (Istanbul), Rossiya (Moskva) va Yevropada (Varshava) joylashgan.
Yetkazib berish muddati: Xitoydan 18-25 kun, Turkiyadan 12-18 kun, Yevropadan 20-28 kun.
LCL xizmati bilan yukingiz 1 kub metrdan boshlab qabul qilinadi. Minimal vazn talabi yo'q.
Har bir yuk alohida markalanadi, inventarizatsiya qilinadi va butun tranzit davomida kuzatiladi.
Buraq Logistics bilan sborniy yuk tashish — byudjetingizni tejashning eng ishonchli usuli.
Yukingizni ishonchli qo‘llarga topshiring
Bepul konsultatsiya va narx hisob-kitobi uchun biz bilan bog‘laning.
